Ankalife EKU markazi Andijon filiali 2022 yili Turkiyalik reproduktolog, akusher-ginekolog, tibbiyot fanlar doktori Jihangir Chakiji tashabbusi va boshchiligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Eko Markazi

Eko Markazi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. 2024 yil 22 yanvarda qabul qilingan PQ-38-sonli qarorga muvofiq, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Bu islohotlar doirasida tibbiy ta’lim va ilm-fan sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini mehnat natijalaridan kelib chiqib munosib rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish va sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish kabi vazifalar belgilandi.

O‘zbekistondagi xususiy klinikalardan biri bu “Ankalayf”dir. “Ankalayf” — Toshkent shahri va Andijon viloyatida joylashgan xususiy klinika bo‘lib, ayollar salomatligi va ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) sohalariga ixtisoslashgan. Ankalayf klinikasi dastlab 2007 yilda Turkiya davlatining Ankara shahrida, 2015 yilda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida, 2019 yil Toshkent shahrida, 2022 yilda Andijon va 2023 yilda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Turkiyalik shifokor, akusher-ginekolog va reproduktolog, tibbiyot fanlari doktori Cihangir Çakici tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda xorijiy mutaxassis tomonidan ochilgan ilk EKU  klinikalaridan biridir.

Klininikada bir nechta xizmatlar ko‘rsatilinib, ular qo‘yidagilar:

  • Ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU)

     •    Intratsitoplazmatik spermatozoid in’eksiyasi (ICSI) –tuhum hujayrani mahsus asbob yordamida urug’ hujayra bilan urug’lantirish.

    • Embrionlarni kriokonservatsiya qilish- (muzlatib qotirish) uzoq vaqt suyuq azotda -196  gradusda saqlash.  (Saqlash muddati er-hotin juftligi bilan muhokama qulinadi).

     • Yordamchi hetching muolajasi – sun’iy mahsus kesimtalarni qo’llash yoki embrionnig shaffof qatlamining kichik bir qismini olib tashlashga asoslangan. Bu usul orqali embrionning ichki qobig’i (zona pellucida) qalinlashganda, embrionga undan chiqishiga yordam beriladi. Bu usul homiladorligi muvaffaqiyatsiz yakunlanishi shubha qilingan bemorlar urug’lantirilganda, masalan , yoshi katta ayollarda, oldin sun’iy urug’lantirish urunishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanganlarga yoki shaffof qatlam me’yordan qalın bo’lganlarda qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda hetching eng havfsiz yol bilan, bir necha hil texnikalarni qo’llash orqali o’tkaziladi (mexanik,kimyoviy, va lazerli). Klinikamizda eng samarasi yuqori lazerli usul qo’llaniladi.  

     • Implantasiyadan oldin genetik tashhislash (IGT) –  bu EKU muolajasidan oldin embrionni genetik tashhislash imkonini beradi.Og’ir irsiy kasalliklarga chalingan bola tug’ilgan yoki tug’ilish havfi yuqori bo’lgan, homila tushish holatlarida va avvalgi ekstrakorporal urug’lantirish samara bermagan oilalarga, 35 yoshdan katta ayollarga tavsiya qilinadi.

       Ayrim kasalliklarda spermatozoidlarni faqatgina yorg‘oq ichidan chiqarib olish mumkin,chunki bunda eukulyantda spermatozoidlar yetarlicha miqdorda yoki umuman bo‘lmaydi. Bu xolat azospermiya deyiladi.

     • TESA- yorg’oq biopsiyasi, yorg’oqdan spermatozoidlarning teri orqali ingichka igna yordamida aspiratsiyasi.

     •  TESE – yorg‘oqdan spermatozoidlarni ekstraksiya qilish usuli

     • Micro TESE – yorg‘oqdan olingan to‘qimadan spermatozoidlarni ajratish usuli.

• Ichki bachadon inseminatsiyasi (IUI)- ayol bachadoniga namunadagi saralangan spermatozoidlarni maxsus kateter yordamida yuborish.

  • Ovulyasiya induksiyasi (IO) – Tabiiy yol bilan homilador bo’lish uchun  tuhumdonlar stimulyasiyasidir. Bu jarayonda foydalaniladigan preparatlar ayol yoshi,tana vazni, o’tkazilgan kasalliklari va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Ushbu muolajada follikul o’sishini va endometrıy qavati ul’tratovush tekshiruvi orqali nazorat qilish bilan amalga oshiriladi.
  • Ayollar salomatligi bo‘yicha maslahat va davolash
  • Kichik chanoq a’zolari ultratovush tekshiruvi – ayolda yoki homilada biror nuqson bor-yo‘qligini exografik belgilar asosida vizual aniqlash uchun amalga oshiriladi. UTT abdominal (qorindan)  yoki transvaginal (qin ichidan) bajarilishi mumkin. Transvaginal UTT ga quyidagi holatlarda ko‘rsatma beriladi:
  • – homiladorlik (erta muddatlarda);
  • – bachadon va tuxumdon kasalliklari;
  • – bepushtlik;
  • – hayz sikli buzilishi;
  • – Kichik chanoqdagi og‘riqlar;
  • – o‘sma va kistalar bo‘lish ehtimoli;
  • – bachadon ichi spiralini ko‘rish;

Klinika zamonaviy EKU  laboratoriyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u Germaniya va Turkiyadan olib kelingan uskunalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, klinikada tajribali embriologlar faoliyat yuritadi. Embriolaboratoriya bo‘limimiz ham oxirgi rusumdagi mikroskop va mikromanipulyator bilan ta’minlangan. EKU dagi samaradorlik ko‘p jihatdan asbob uskunalar mukammalligiga ham bog‘liq. Chunki shunda manipulyatsiya maksimal ravishda to‘g‘ri bajariladi. Hozirgi kunda Ankalayf klinikasi rahbari  Cihangir Çakici  boshchiligidagi jamoada malakali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatishib, bugungi kunda qadar ko’plab oilaning farzandli bo‘lishiga ko‘maklashildi.

Leave a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *