Erkaklar va ayollar salomatligiga xavf
Zamonaviy tibbiyotda bepushtlik (infertillik) eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Statistika bo‘yicha, har 6 juftlikdan biri homiladorlik muammosiga duch keladi. Bunga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri — sigaret chekishdir. Ushbu maqolada chekishning erkaklar va ayollar reproduktiv salomatligiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida batafsil to‘xtalib o’tamiz.
Erkaklarda chekish va bepushtlik
Spermaga ta’siri
Sigaret tutunida 7 mingdan ortiq zararli modda mavjud. Ularning ichida nikotin, karbon monoksid, benzopiren va og‘ir metallar (kadmiy, qo‘rg‘oshin) erkak reproduktiv tizimini bevosita zararlaydi. Chekish quyidagi muammolarga olib keladi:
• Spermatozoidlar soni kamayadi (oligospermiya)
• Harakatchanlik susayadi (astenospermiya)
• DNK zararlanishi yuz beradi, bu esa urug‘lashni qiyinlashtiradi
• Spermatozoidlarning shakli buziladi (teratospermiya)
• Testosteron darajasi pasayadi
• Erektil disfunksiya (quvvat pasayishi) yuzaga keladi
Statistik ma’lumot:
• Sigaret chekuvchilarda spermogramma ko‘rsatkichlari 30–40% yomonlashgan bo‘ladi.
• Chekuvchi erkaklar orasida bepushtlik holati 2 barobar ko‘proq uchraydi.
Ayollarda chekish va bepushtlik
Sigaret chekish ayol organizmida ham bir qator salbiy o‘zgarishlarga olib keladi:
1. Tuxum hujayralar sifati yomonlashadi:
• Sigaret tarkibidagi zaharli modda (masalan, nikotin) tuxum hujayralarning yetilishiga zarar yetkazadi.
• Bu tuxumlarning urug‘lanish ehtimolini kamaytiradi.
• Ovulyatsiya (tuxum yetilishi) buziladi
• Tuxumdonlar zaxirasi kamayadi, bu esa erta klimaks (menopauza)ga olib keladi
• Fallop naylari shikastlanadi, bu esa homiladorlikning oldini oladi
• Endometriy (bachadon ichki qavati) zararlanib, homilaning joylashishi qiyinlashadi.
2. Tug‘ruqqa tayyorlanish qobiliyati kamayadi
• Chekuvchi ayollarda EKU orqali urug‘langanidan keyin homiladorlik ehtimoli 20–30% gacha past bo‘ladi.
• Hatto homiladorlik yuz bersa ham, homila tushishi yoki rivojlanishida muammolar ehtimoli yuqori bo‘ladi.
3. Bachadon shilliq qavati zarar ko‘radi:
• Chekish endometriy (bachadon ichki qavati)ni homilani qabul qilishga yaroqsiz holga keltiradi.
4. Menopauza erta boshlanadi:
• Chekish natijasida ayollar odatdagidan 1–4 yil oldin menopauzaga kirishadi, bu esa EKU uchun tuxum zaxirasini kamaytiradi.
5. Sigareta chekadigan ayollarda spontan abort, bachadondan tashqari homiladirlik asoratlari kuzatilishi extimoli yuqori bo’ladi.
Statistik ma’lumot:
• Chekuvchi ayollarda homilador bo‘lish ehtimoli 2 barobar past.
• IVF (sun’iy urug‘lantirish) natijalari chekuvchi ayollarda muvaffaqiyatli bo’lishini kamaytiradi.
Tug‘ilishdan keyingi xavflar
Agar homiladorlik chekishga qaramay yuz bersa ham, bola uchun quyidagi xavflar mavjud:
• Tushish (spontan abort)
• Tug‘ma nuqsonlar
• Past vaznli tug‘ilish
• Aqliy va jismoniy rivojlanish orqada qolishi
• Astma, allergiya, diqqat yetishmovchiligi
Chekishni tashlash foydasi
Tadqiqotlar ko‘rsatadi, agar juftlik homiladorlikni rejalashtirishdan kamida 3–6 oy oldin chekishni to‘xtatsa, organizmning reproduktiv imkoniyatlari ancha yaxshilanadi:
• Erkaklarda spermalar sifati yaxshilanadi
• Ayollarda ovulyatsiya barqarorlashadi
• IVF muvaffaqiyat darajasi oshadi
• Tug‘ilajak bola uchun xavflar kamayadi
Xulosa qiladigan bo’lsak Sigaret chekish — erkak va ayollar uchun ham bepushtlik xavfini sezilarli darajada oshiradi. Reproduktiv salomatlikni asrash uchun:
• Homiladorlikni rejalashtirishdan oldin chekishni to‘xtating
• Chekish o‘rnini sog‘lom turmush tarziga almashtiring
Farzand ko‘rishni istagan har bir juftlik uchun sog‘lom hayot tarzi eng yaxshi tayyorgarlik hisoblanadi.
Comments are closed