Ankalife EKU markazi Andijon filiali 2022 yili Turkiyalik reproduktolog, akusher-ginekolog, tibbiyot fanlar doktori Jihangir Chakiji tashabbusi va boshchiligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Nekrozoospermiya

Nekrozoospermiya

Nekrozoospermiya ( “nekros” — o‘lik, “zoospermia” — urug‘ hujayralari) bu erkak spermida mavjud bo‘lgan spermatozoidlarning aksariyati yoki barchasi harakatsiz va o‘lik bo‘lishi bilan ifodalanadigan holatdir. Bu holat erkak bepushtligining kam uchraydigan, ammo jiddiy shakllaridan biri hisoblanadi.

Tasnifi

Nekrozoospermiya ikki shaklda uchraydi: 

 • To‘liq nekrozoospermiya: spermatozoidlarning 100% o‘lik va harakatsiz bo‘lishi.

 • Qisman nekrozoospermiya: spermatozoidlarning bir qismi o‘lik, qolganlari esa harakatsiz yoki zaif harakatda bo‘ladi.

Asosiy sabablari

Nekrozoospermiyaning rivojlanishiga turli omillar sabab bo‘lishi mumkin:

 1. Yallig‘lanish kasalliklari: prostata, moyak yoki urug‘ yo‘llarining infeksiyalari.

 2. Oksidlovchi stress: erkin radikallar miqdorining oshib ketishi spermatozoidlarni shikastlaydi.

 3. Varikosele: moyaklarda qon aylanishining buzilishi.

 4. Harorat ta’siri: haddan tashqari issiqlik (masalan, sauna, issiq vannalar) spermatozoidlarga zarar yetkazishi mumkin.

 5. Toksik moddalar: kimyoviy moddalarga (masalan, og‘ir metallar, pestitsidlar) ta’sir qilish.

 6. Gormon buzilishlari: testosteron yoki boshqa jinsiy gormonlar yetishmovchiligi.

 7. Genetik yoki xromosomal buzilishlar.

Belgilar

Nekrozoospermiya ko‘pincha hech qanday aniq alomatlarsiz kechadi. Biroq, quyidagi holatlar bevosita yoki bilvosita belgilar bo‘lishi mumkin:

 • Urug‘ suyuqligining hajmi kamaygan bo‘lishi;

 • Farzand ko‘ra olmaslik (infertillik);

 • Ejakulyatsiya yoki jinsiy faoliyatda o‘zgarishlar.

Diagnostika

Nekrozoospermiyani aniqlash uchun:

 • Spermogramma tahlili: asosiy diagnostika usuli. Bu orqali spermatozoidlarning harakati, soni va yashovchanligi baholanadi.

 • Vital bo‘yoqlar: spermatozoidlar tirikmi yoki o‘likligini aniqlash uchun maxsus bo‘yoqlar (masalan, eozin) ishlatiladi.

 • MAR testi: immunologik omillarni aniqlash uchun.

 • Qo‘shimcha testlar: infektsiyalar, oksidlovchi stress va gormonal holatni baholash.

Davolash usullaridan qo’yidigilarni sanab o’tish mumkin

A. Konservativ (dorivor) yondashuv:

 • Antibiotiklar: infektsion sabablar bo‘lsa (masalan: doksisiklin, ofloksasin).

 • Antioksidantlar: oksidlovchi stressga qarshi (vitamin C 500–1000 mg, E 400 IU).

 • Gormonal terapiya: past testosteron yoki gormon muvozanatsizligi bo‘lsa (gonadotropinlar, klomifen).

 • Qo‘shimcha preparatlar: L-karnitin, sink, selen, koenzim Q10 – spermatozoid sifati va harakatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

B. Jarrohlik yondashuv

C. Assisted Reproductive Technology (ART):

 • ICSI (Intracytoplasmic Sperm Injection) – agar tirik spermatozoidlar kam bo‘lsa, ular mikroskop ostida tanlab, tuxumdon ichiga yuboriladi.

 • TESA/MESA/TESE – testikulyar yoki epididimal biopsiya orqali spermatozoid topish.

Hayot tarzi bilan bog‘liq tavsiyalar

 • Chekish va spirtli ichimliklardan to‘liq voz kechish

 • Ratsional ovqatlanish (oqsilga boy, antioksidantlarga boy oziq-ovqatlar)

 • Stressni kamaytirish va uyquni yaxshilash

 • Issiq muhitdan (sauna, issiq hammom, kompyuter ustida uzoq vaqt) saqlanish

• Nekrozoospermiya umumiy bepushtlik holatlarining 0.2-0.5% ini tashkil etadi.

 • Vaqtida tashxis qo‘yilib, sabab bartaraf etilsa, 40-60% holatda spermatozoid faolligi qisman tiklanadi.

 • ICSI yordamida suniy urug’lantirish yo’li bilan farzand ko‘rish imkoniyati  mavjud.

Comments are closed