Ankalife EKU markazi Andijon filiali 2022 yili Turkiyalik reproduktolog, akusher-ginekolog, tibbiyot fanlar doktori Jihangir Chakiji tashabbusi va boshchiligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

BIZNING KLINIKAMIZ

  • Home
  • BIZNING KLINIKAMIZ
ameliyet odasi

Biz haqimizda

“ANKALIFE ” EKU va Ayollar Salomatligi Markazi ANDIJON FILLIALI  (“ANKALIFE ANDICAN ECO CENTER” MCHJ) 2022 yil IYUN  oyida Turkiyalik shifokor, akusher ginekolog, reproduktolog, tibbiyot fanlari doktori Jihangir CHAKIJI tashabbusi va muassisligida tashkil etildi. “Ankalife” O‘zbekistonda chet-ellik mutaxassis tomonidan tashkil etilgan ilk EKU klinikasi bo‘ldi. Ekstrakorporal urug‘lantirish – ko‘pchilik befarzand juftliklarning ota-onabo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi zamonaviy usuldir.

Klinika Germaniya va Turkiyadan keltirilgan zamonaviy EKU laboratoriya bilan jihozlangan. Barcha turdagi qonuniy ruxsat berilgan tibbiy reproduktiv xizmatlarni amalga oshiradi. “Galereya” va “Videolar” sahifasida EKU laboratoriyamiz haqida foto va videolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Klinikamizda reproduktolog va ginekolog Shahna Lola AlisherovnaTurkiyada doktor Jihangir Chakiji klinikasida faoliyat yuritish bilan birga O‘zbeksitonga safarlar uyushtiradi, bemorlarni davolaydi va klinika koordinatori sifatida ham ish olib boradi.

Klinikada Turkiyalik tajribali embriolog Bashak Karakoyun ham faoliyat yuritadi. U o‘z ish faoliyati davomida 9000 dan ziyod EKU va boshqa turdagi muoalajalarning laboratoriya qismida ishtirok etgan. 

EKU muolajalari o‘tkazish uchun bemor kilinikada yotib qolmaydi. Bu muolaja qatnab turib amalga oshiriladi. 

Ota-ona bo‘lish bebaho ne’mat, shubhasiz barcha insonlar bunga loyiq.

Sizning tashvishingizni umidga, umidingizni ro‘yobga 

Chiqarish uchun sizni kutamiz!