Ankalife EKU markazi Andijon filiali 2022 yili Turkiyalik reproduktolog, akusher-ginekolog, tibbiyot fanlar doktori Jihangir Chakiji tashabbusi va boshchiligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Andijon Klinika

Andijon Klinika

Bugungi kunda reproduktiv texnologiyalar nafaqat tibbiyotning yo‘nalishi, balki demografik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim vositaga aylangan. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida EKU markazlari soni ortmoqda, va ular orasida Andijon “Ankalayf” markazi o‘zining samaradorligi, ilmiy yondashuvi va texnologik jihozlanishi bilan alohida ajralib turadi. Andijon Ankalayf klinikasi Turkiyalik mutaxassis professor reproduktolog, ginekolog Cihangir Cakici tashabbusi bilan 2022 yil tashkil topgan.

        Ekstrakorporal urug‘lantirish (EKO) markazlari bugungi kunda reproduktiv muammolarga duch kelayotgan oilalar uchun eng samarali yechimlardan biriga aylandi. EKO usuli tabiiy homiladorlikka erisha olmayotgan juftliklar uchun sun’iy ravishda urug‘lantirish imkonini beradi. Bu markazlarda zamonaviy tibbiy uskunalar, yuqori malakali mutaxassislar va innovatsion texnologiyalar asosida  tuhum hujayrani etishtirishdan tortib, embrionni bachadonga joylashtirishgacha bo’lgan barcha davolash jarayonlari yuqori nazorat ostida  olib boriladi.

     Markaz ish faoliyati aniq va tizimli ravishda tashkil qilingan bo‘lib, bir nechta muhim bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Avvalo, juftliklar mutaxassis ko‘rigidan o‘tadi. Bu bosqichda reproduktiv salomatlikka oid tekshiruvlar o‘tkaziladi — gormonal tahlillar, ultratovushli tekshiruvlar, spermogramma va boshqa laboratoriya tahlillar. Ushbu ma’lumotlar asosida bemorga mos keladigan individual davolash rejasi tuziladi

Klininikada bir nechta xizmatlar ko‘rsatilinib, ular qo‘yidagilar:

     – Ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU)

     •    Intratsitoplazmatik spermatozoid in’eksiyasi (ICSI) –tuhum hujayrani mahsus asbob yordamida urug’ hujayra bilan urug’lantirish.

    • Embrionlarni kriokonservatsiya qilish- (muzlatib qotirish) uzoq vaqt suyuq azotda -196  gradusda saqlash.  (Saqlash muddati er-hotin juftligi bilan muhokama qulinadi).

     • Yordamchi hetching muolajasi – sun’iy mahsus kesimtalarni qo’llash yoki embrionnig shaffof qatlamining kichik bir qismini olib tashlashga asoslangan. Bu usul orqali embrionning ichki qobig’i (zona pellucida) qalinlashganda, embrionga undan chiqishiga yordam beriladi. Bu usul homiladorligi muvaffaqiyatsiz yakunlanishi shubha qilingan bemorlar urug’lantirilganda, masalan , yoshi katta ayollarda, oldin sun’iy urug’lantirish urunishlari muvaffaqiyatsiz yakunlanganlarga yoki shaffof qatlam me’yordan qalın bo’lganlarda qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda hetching eng havfsiz yol bilan, bir necha hil texnikalarni qo’llash orqali o’tkaziladi (mexanik,kimyoviy, va lazerli). Klinikamizda eng samarasi yuqori lazerli usul qo’llaniladi. 

     • Implantasiyadan oldin genetik tashhislash (IGT) –  bu EKU muolajasidan oldin embrionni genetik tashhislash imkonini beradi.Og’ir irsiy kasalliklarga chalingan bola tug’ilgan yoki tug’ilish havfi yuqori bo’lgan, homila tushish holatlarida va avvalgi ekstrakorporal urug’lantirish samara bermagan oilalarga, 35 yoshdan katta ayollarga tavsiya qilinadi.

     • TESA- yorg’oq biopsiyasi, yorg’oqdan spermatozoidlarning teri orqali ingichka igna yordamida aspiratsiyasi.

     •  TESE – yorg‘oqdan spermatozoidlarni ekstraksiya qilish usuli

– Ichki bachadon inseminatsiyasi (IUI)- ayol bachadoniga namunadagi saralangan spermatozoidlarni maxsus kateter yordamida yuborish.

– Ovulyasiya induksiyasi (IO) – Tabiiy yol bilan homilador bo’lish uchun  tuhumdonlar stimulyasiyasidir.

       – Ayollar salomatligi bo‘yicha maslahat va davolash

        Ankalayf klinikasining embrio laboratoriya bo‘limi — bu sun’iy urug‘lantirish jarayonining yuragi hisoblanadi. Mazkur bo‘limda yuqori malakali embriolog Germaniya va Turkiyadan olib kelingan zamonaviy uskunalar yordamida tuxum hujayra va spermatozoidlar bilan ishlaydi, urug‘lantirishni amalga oshiradi hamda embrionlarning sog‘lom rivojlanishini nazorat qiladi.

        Laboratoriya sharoitlari doimiy ravishda sterillik va optimal muhitni ta’minlab turish uchun nazorat qilinadi. Har bir jarayon eng yuqori aniqlik va ehtiyotkorlik bilan bajariladi, chunki bu bosqichlar EKO jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim omillardandir.

        Ankalayf klinikasi professor Cihangir Çakici boshchligida  o‘z sohasida yuqori malakaga ega, fidokor va tajribali mutaxassislar jamoasiga ega. Klinikada faoliyat yuritayotgan shifokorlar,  embriologlar va hamshiralar har bir bemor bilan individual yondashuv asosida ishlaydi hamda zamonaviy reproduktiv texnologiyalarni mukammal egallagan. Jamoaning asosiy maqsadi — farzand ko‘rish orzusidagi juftliklarga yordam berish, ularning sog‘lig‘ini tiklash va eng yaxshi natijalarga erishishdir. Ankalayf klinikasida doimiy malaka oshirish, ilmiy izlanishlar va xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali xizmat sifati doimiy ravishda yuksaltirib boriladi.

Farzand orzusidasizmi? Andijonda joylashgan Ankalife EKO markazi bugungi kunda yuzlab oilalarga baxt ulashmoqda!

Nima uchun aynan Ankalife?

  • Xalqaro standartlar asosida ishlash
  • Turkiya tajribasi asosida   faoliyat yuritàyotgan  mutaxasislar
  • Zamonaviy laboratoriya va inkubatorlar
  • ICSI, kriokonservatsiya, embrioskop kabi ilg‘or texnologiyalar
  • Eng muhimi — har bir bemorga mehr, e’tibor va professional yondashuv!

Hoziroq murojaat qiling — Ankalife orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun tayyor! Biz bilan farzandli bo‘lish orzu emas — reallik!

Comments are closed