Ankalife EKU markazi Andijon filiali 2022 yili Turkiyalik reproduktolog, akusher-ginekolog, tibbiyot fanlar doktori Jihangir Chakiji tashabbusi va boshchiligida tashkil etildi.

Aloqada Qoling

Shopping cart

Andijan Jinekolog

Andijan Jinekolog

Andijon ginekologiya markazlari va ularda ko‘rsatadigan xizmatlar

            Ayol salomatligi – jamiyat salomatligining asosi va har bir oila uchun muhim bolgan omildir. Shu boisdan ham respublikamizda ayollar sog’ligini tiklash va profilaktik chora tadbirlarni tadbiq qiluvchi bir qator hususiy tibbiyot muassasalari, sog’lomlashtirish markazlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan Andijonda ginekologiya markazlari ayollar uchun muhim tibbiy xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Ushbu tibbiy markazlarda tug’ish yoshidagi ayollar sog’ligiga – Reproduktiv salomatlik markazalari xomiladagi nuqsonlarni aniqlash uchun – Skrining markazi, farzand korish jarayoniga -Akusherlik va ginekologiya markazi mas’ul hisoblanadi. Ushbu tibbiy muassasalarda  malakali shifokorlar, zamonaviy diagnostika uskunalari va individual yondashuv orqali turli xil muammolar shu jumladan  aholining tibbiy madanyatini oshirish, sanitariya va gigiyena , homilador ayollarning sog’ligini saqlash va psixofiziologik ahvolini yahshilash  kabilar bartaraf etilmoqda.

                                 Quyidagi hizmatlar ko’rsatiladi:

1. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish maqsadida  profilaktik ko‘rik va maslahatlar o’tkazish.

  • Zamonaviy tashhis uskunalari bilan jihozlangan klinika va laboratoriyalarda ayollar uchun muntazam chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar otkazish.
  • Onkologik kasalliklarni erta aniqlash (kol’poskopiya, bachadon bo‘yni saratoni skriningi, PAP-test)
  • Gormonal muvozanatni baholash-buning uchun ginekologik tekshiruvlardan so’ng , kerakli dori vositalari bilan davolash

 Bundan tashqari sog’lom ovqatlanish, muntazam va to’g’ri hayot, sport mashg’ulotlari kabi hayot sifati yahshilovchi omillar ham nazorat qilinadi.

2. Ayollar reproduktiv salomatligi nazorati

  • Homiladorlikni rejalashtirish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar
  • Bepushtlik sabablarini aniqlash, erkaklarda spermagramma, DNK-fragmentatsiya,MAR- test kabi tekshiruvlar o’tkazish  va bosqichma bosqich davolash
  • Gisterosalpingografiya – bachadon naylari o’tkazuvchanligini tekshirish
  • EKU (IVF- in vitro fertilisation)- ekstakorporal urug’lantirish hizmati.

 Andijonda Ankalife klinikasi zamonaviy tarzda jihozlangan EKU laboratoriyasi va malakali, professional tajribali  mutahasislarga ega  bo’lib , aholiga reproduktiv hizmat ko’rsatishda o’z o’rniga egadir.

 Bundan tashqari Anklife klinikasida:

  • Ovulyasiya induksiyasi (IO)- tabiiy yol bilan homilador bo’lish uchun tuhumdonlar stimulyasiyasini o’tkazish.
  • Ichki bachadon inseminatsiyasi (IUI)- ayol bachadoniga namunadagi saralangan spermatazoidlarni maxsus kateter yordamida yuborish.
  • PRP terapiya- bu Platelet Rich Plasma ( trombotsitlarga boy plazma ) bilan davolash
  • Implantasiyadan oldin genetik tashhislash (IGT)- bu EKU muolajasidan oldin embrionlarni genetik tekshiruv
  • TESA ve TESE- erkaklardagi azospermiya holatlarida yorg’oqdan spermatazoidlarni aspiratsiyasi va spermatozoidlarni ekstraksiyasi

  kabi hizmatlar yolga qo’yilgan.

3. Homiladorlik davrini nazorati

  • Ultrasonografiya (UZI) tekshiruvlari
  • Homila rivojlanishini baholash- 1,2,3 trimestlarda skrinig tekshiruvlar
  • Ayollarda anemiya, homiladorlik toksikozi, homila tushish havfi, erta tug’ruqni oldini olish uchun nazoratni olib borish

Homilador ayollarga o‘quv mashg‘ulotlari va psihologik tayyorlov kurslari

4. Ginekologik kasalliklarni davolash

  • kichik chanoq organlari yallig’lanish kasalliklari ( endometrit, salpingoofarit,)
  • Bachadon miomasi
  • Endometrioz (genital va ekstragenital)
  • Bachadon bo‘yni endoservisit holatlarini davolash
  • -Hayz sikli buzilishlari (amenoreya, bachadon disfunkstional qon ketish) davolash
  • Tuhumdon kistalari ,follikulyar endometrioid va boshqalar) davolash
  • -Jarrohlik amaliyotlari (laparoskopiya, gisteroskopiya )

5. Estetik ginekologik muolajalar va hizmatlar

Estetik ginekologiya turlari:

  • In’ektsion  usul:

Hajmni tiklash va shaklni tuzatish uchun gialuron kislotasiga asoslangan  moddalarini kiritish. 

  • Jarrohlik usullari:

Jinsiy organlarning shakli va funksiyasini tuzatish operatsiyalari, masalan, vaginoplastika.

  • Plazmolifting:

To’qimalarning yangilanishini rag’batlantirish uchun boyitilgan qon plazmasini kiritish.

  • Intim soha estetikasi (labioplastika, vaginal toraytirish)
  • Lazerli davolash usullari-lazer texnologiyasi:

Tashqi jinsiy a’zolar estetikasini yaxshilash va turli kasalliklarni davolash uchun lazerdan foydalanish. 

  • Gormonal muvozanatni tiklash va yoshartirish terapiyalari

            Andijondagi ginekologiya markazlari ayollar salomatligini saqlashda, erta tashhis qo’yish, davolash va muammolarni bartaraf qilishda  muhim o’rin tutmoqda. Har bir ayol salomatligiga mas’uliyat bilan yondashib, ginekolog shifokor ko’rigidan o‘tib turishi, berilgan tavsiyalarni o’z vaqtida bajarishi lozim.

Leave a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *