PRP VA EKU
PRP (Platelet Rich Plasma – trombotsitlarga boy plazma) va EKU (Ekstrakorporal urug‘lantirish) — bu ikki zamonaviy davolash usuli reproduktiv salomatlik sohasida tobora ommalashib bormoqda. Ularning har ikkalasi ham farzand ko‘rishda qiynalayotgan juftliklar uchun umid manbai bo‘la oladi.
PRP (Platelet Rich Plasma – trombotsitlarga boy plazma) — bu bemorning o‘z qonidan maxsus usul bilan ajratib olingan plazma bo‘lib, u trombotsitlarga juda boy bo‘ladi. Ushbu plazma regeneratsiya (to‘qimalarni tiklash), yallig‘lanishga qarshi kurashish va hujayralarni yangilash xususiyatlariga ega. U avvaliga ortopediya, dermatologiya va estetik tibbiyotda qo‘llanilgan, ammo so‘nggi yillarda ginekologiyada, ayniqsa, bepushtlikni davolashda reproduktologiyada ham muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
PRP qanday olinadi?
PRP tayyorlash jarayoni oddiy va xavfsiz. Avvalo bemordan oz miqdorda qon olinadi (odatda 10-20 ml). So‘ng bu qon maxsus sentrifugada aylantiriladi, natijada qonning plazmasi va boshqa qismlari ajraladi. Ajratilgan plazma tarkibida trombotsitlar juda yuqori bo‘ladi — bu esa PRP deb ataladi. Ushbu plazma kerakli joyga — teriga, bo‘g‘imga, soch ildizlariga yoki bachadon ichiga yuboriladi.
PRP terapiyasinig reproduktiv tibbiyotdagi o’rni:
tibbiyotda ayollar bepustligini davolashda innovatsion yondashuvlar keng qo’lanilmoqda. ayollarda endometriyni qalinlashtirish va bachadonni homiladorlikka tayyorlash, tuhumdonlar faoliyatini yahshilash, ovulyatsiyani faollashtirish yoki PRP yordamida homiladorlik imkoniyatini oshirish maqsadida keng qo’llanilmoqda.
Reproduktologiya va ginekologiyada PRP quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
1 Endometriy (bachadon ichki qavati) qalinlashtirish : endometriy qavati homiladorlik yuzaga kelishi uchun ma’lum qalinlikda bo’lishi kerak.Ba’zi ayollarda endometriy etarli darajada qalinlashmaydi, bu esa EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) jarayonini murakkablashtiradi.PRP terapiyasi endometriyga yuborilganada , u u to’qimaning o’sishiga yordam beradi va qabul qilish qobiliyati oshiradi.
2 Tuxumdon faoliyatini yahshilash : 35 yoshdan oshgan ayollar yoki “tuhumdon zaxirasi kamaygan” tashxisi qo’yilgan bemorlar uchun PRP terapiyasi tuxumdon funksiyasini rag’batlantirishda qo’llaniladi. PRP tuhumdon ichiga yuborilganda , u yerda yangi follikulalarning o’sishi va mavjud tuxum hujayralarning sifatini yahshilashga yordam beradi.
3 Anovulyator sikllarda (ovulyatsiya bo‘lmaganda)
4 Bachadonga bog’liq faktorlar( yallig’lanishlarida): PRP bachadon devorida bo’lgan mikroshikastlar yoki surunkali yallig’lanish holatlarida to’qimalarning tiklanishiga yordam berishi mumkin .Bu ayniqsa Asherman sindromi yoki ko’p marta kyuretaj qilingan ayollarda foydali bo’ladi.
PRP terapiyasining afzalliklari :
- PRP terapiyasi tabiiy, xavfsiz va minimal invaziv usul hisoblanadi.
- Nojo’ya ta’sirlari deyarli uchramaydi, chunki bu bemorning o’z qonidan olinadi.
- Antibitiklar yoki gormonlar qo’llanilmaydi.
- Reproduktiv muolajalarga tayyorgarlikni yahshilaydi.
PRP va EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) o‘rtasidagi bog‘liqlik:
Ko‘plab ayollarda EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) muvaffaqiyatsiz bo‘lishining asosiy sababi — bachadon ichki qavatining (endometriy) yetarli darajada qalin bo‘lmasligi. Aynan shunday holatda PRP terapiyasi yordamga keladi. PRP endometriyni o‘stirib, uni embrionni qabul qilishga tayyorlaydi.
Shuningdek, ba’zi holatlarda tuxumdon faoliyati pasaygan yoki yetarli tuxum hujayra yetilmayotgan bemorlarda PRP tuxumdon ichiga yuboriladi — bu tuhum hujayralarni “uyg‘otish” va faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bunday yondashuv, ayniqsa, erta menopauza yoki past ovarial zaxiraga ega bo‘lgan ayollar uchun foydali hisoblanadi.
PRP va EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) — bu bir-birini to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi tibbiy yondashuvlardir. PRP yordamida organizmning tabiiy tiklanish mexanizmlari ishga tushiriladi, bu esa EKU muvaffaqiyatini oshiradi. Shu bois, zamonaviy reproduktiv klinikalarda bu ikki usul ko‘pincha birgalikda qo‘llaniladi.
Kamchiliklari va cheklovlari:
PRP teraiyasi barcha holatlarda ham yuqori natija bermasligi mumkin. Ayniqsa tuxumdon to’liq faoliyatdan to’xtagan (menopauza) yoki jiddiy bachadon patologiyalari mavjud bo’lgan ayollarda samaradorligi past bo’lishi mumkin.Shu sababli PRP har bir holatda individual tarzda, mutaxassis reproduktolog ko’rsatmasi asosida qo’llanishi lozim.
PRP terapiyasi reproduktiv salomatlikni tiklashda istiqbolli va samarali yo’nalishlardan biridir.U ayniqsa EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) jarayoniga tayyorgarlik ko’rayotgan bemorlar, tuxumdonlar faolligi past bo’lgan ayollar yoki endometriy muammolariga duch kelganlar uchun foydali bo’lishi mumkin.Shu bilan birga , PRP mustaqil davolash vositasi emas, balki keng qamrovli davolash yonalishinig bir qismi sifatida ko’rib chiqilishi lozim.Har bir bemorning individual holatini inobatga olib, PRP terapiyasini qo’llash samaradorligini oshirish mumkin.
Agar siz befarzandlik muammosidan aziyat cheksangiz, PRP terapiyasi va EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) amaliyoti — yangi umid, yangi imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Comments are closed